Foto: Reuters
Falastinning HAMAS harakati faqat AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan may oyida ilgari surilgan va xalqaro miqyosda ma’qullangan taklifni amalga oshirishga e’tibor qaratsa, G‘azodagi muzokaralarda qatnashadi. Bu haqda harakat a’zosi Usama Hamdan ma’lum qildi.
Misr, Qatar va AQSH Isroil va HAMASni 14—15 avgust kunlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirgan edi. Uch mamlakat yetakchilari kelishuvga erishish uchun yakuniy taklifni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Avvalroq harakatning Livandagi vakili Ahmad Abdel Hodi harakat rahbariyati bo‘lajak muzokaralarda qatnashmaslikka qaror qilganini aytgan edi. U, shuningdek, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar G‘azo bo‘yicha bo‘lajak sulh muzokaralari bilan bog‘liq hech qanday xabarni vositachilar orqali yetkazmagan.
Biz vositachilarga ma’lum qildikki, har qanday uchrashuv yangi narsalarni muzokaralar o‘tkazishga emas, balki amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilishga va muddatlarni belgilashga asoslangan bo‘lishi kerak. Aks holda, HAMAS ishtirok etish uchun hech qanday sabab ko‘rmaydi, dedi Hamdan Associated Press nashriga. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Britaniyada “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” tangasi chiqarildi
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)