Foto: Reuters
AQSH prezidenti noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan chiqqanidan keyin ish qidirayotganini aytdi. Bu haqda davlat rahbari internet-kontent yaratuvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi The New York Times.
"Siz bizning muloqotimizning butun dinamikasini o‘zgartiradigan yutuqni amalga oshiryapsiz va shuning uchun men sizni Oq uyga taklif qildim, chunki men ish qidiryapman", deya hazillashdi AQSH yetakchisi.
Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda prezident “keraksiz va havoyi xatti-harakatlarni namoyish etmoqda”.
Avvalroq Bayden AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama unga saylovoldi poygasidan chiqish zarurati haqida shaxsan aytmagani, shuningdek, Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining saylovoldi missiyasini tark etishi borasidagi bosimi haqida xabar bergani xabar qilingandi.
Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilgan edi.
"Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman", degan edi u.
Shuningdek, Bayden Amerika xalqiga ishonchi uchun samimiy minnatdorlik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Mayk Tayson Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangida kimga muxlislik qilmoqchi?
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi: Kuraxovo uchun jang davom etmoqda