Yashirin kamera va sun’iy intellekt: Janubiy Koreyadagi nomzodning imtihondagi nayrangi fosh bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2
Yashirin kamera va sun’iy intellekt: Janubiy Koreyadagi nomzodning imtihondagi nayrangi fosh bo‘ldi

Janubiy Koreyada davlat imtihonida juda yuqori natija qayd etgan nomzodning noqonuniy usuldan foydalangani ma’lum bo‘ldi. Han Von Sok ismli ishtirokchi imtihonning har ikki bosqichida yashirin kamera, smartfon va sun’iy intellekt yordamida javoblarni topganini tan oldi.

Nomzod birinchi bosqichda 400 balldan 397,5 ball to‘plagan. U 160 ta savoldan atigi bittasiga noto‘g‘ri javob bergan. Ikkinchi bosqichda esa 800 balldan 663 ball olib, umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Bunday yuqori ko‘rsatkichlar internet foydalanuvchilarida shubha uyg‘otgan. Dastlab Han ayblovlarni inkor etgan bo‘lsa-da, keyinchalik advokati ishtirokidagi YouTube ko‘rsatuvida imtihon qoidalarini buzganini tan olgan.

Uning tushuntirishicha, savollarni miniatyura kamera orqali suratga olib, tasvirlarni sun’iy intellekt tizimiga yuborgan. Tizim tayyorlagan javoblarni esa smartfoni yordamida tekshirgan. Nomzod bu usulni imtihonning ikkala bosqichida ham qo‘llagan.

Han qilgan ishi uchun boshqa nomzodlardan uzr so‘ragan. Shuningdek, Seul politsiyasiga o‘zi murojaat qilib, qilmishiga oid yozma iqrorlik arizasini topshirgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Janubiy Koreya Iqtisodiyot va moliya vazirligi esa nomzodning imtihondan o‘tganini tasdiqlovchi malaka hujjati amal qilishini vaqtincha to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Mazkur voqea zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va yashirin elektron qurilmalardan imtihonlarda noqonuniy foydalanish muammosiga yana bir bor e’tibor qaratdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?