Xitoyda maishiy chiqindilardan elektr energiyasi va qurilish g‘ishtlari olinmoqda

1 daqiqa o'qish5
Xitoyda maishiy chiqindilardan elektr energiyasi va qurilish g‘ishtlari olinmoqda

Xitoyning Shenchjen shahrida chiqindilarni qayta ishlashning noodatiy va samarali usuli yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda hatto qayta ishlashga yaroqsiz maishiy chiqindilar ham foydali resurs sifatida foydalanilmoqda. Ularni poligonlarga ko‘mish o‘rniga maxsus zavodlarda yoqib, elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Jarayonning eng qiziqarli jihati shundaki, chiqindilar yoqilgandan keyin qoladigan kul ham tashlab yuborilmaydi. Maxsus texnologiyalar yordamida qayta ishlangan ushbu qoldiqlardan turli qurilish materiallari, jumladan, g‘isht tayyorlanadi. Shu tariqa bir vaqtlar keraksiz deb hisoblangan chiqindilar ikki xil foydali mahsulot — elektr energiyasi va qurilish materiallariga aylantirilmoqda.

Shenchjen shahrida bunday tizimni rivojlantirish ishlari 2019 yildan buyon davom etmoqda. Uning asosiy maqsadi chiqindilarni shunchaki yo‘q qilish emas, balki ulardan imkon qadar ko‘proq foyda olishdan iborat.

Mazkur yondashuv bir nechta muhim vazifani hal etishga xizmat qiladi: maishiy chiqindilar hajmini kamaytiradi, poligonlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradi hamda tabiiy resurslardan foydalanish bosimini yengillashtiradi.

Bu tajriba chiqindilarni ekologik muammo sifatida emas, balki qayta ishlash orqali iqtisodiy qiymatga ega resurs sifatida ko‘rish mumkinligini namoyon etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?