06:30 / 16.08.2024
142

BAA, Bahrayn, Ummon va Livan Isroil vazirining Al-Aqso masjidiga hujumini qoraladi

BAA, Bahrayn, Ummon va Livan Isroil vazirining Al-Aqso masjidiga hujumini qoraladi
Foto: Anadolu
Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Ummon va Livan tashqi ishlar vazirliklari isroillik vazirlar va yahudiy mutaassiblar tomonidan bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qilingan bosqinni qoraladi.

BAA TIV Isroil Quddusdagi tarixiy va huquqiy status-kvoga hurmat ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlagan.

Bayonotda “Al-Aqso masjidini to‘liq himoyaga olish va u yerdagi xavfli hamda provokatsion qonunbuzarliklarni to‘xtatish zarurligi” ta’kidlangan. Vazirlik, shuningdek, Isroil rasmiylarini “mojaroni to‘xtatishga va mintaqada keskinlikni kuchaytiradigan qadamlar qo‘ymaslikka” chaqirgan.

Ummon TIV bayonotida aytilishicha, “bosim musulmonlarning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atgan va mintaqada vaziyat yanada kuchayishiga olib kelgan”. Bayonotda, shuningdek, xalqaro hamjamiyat qonunbuzarliklarni qoralab, ularning oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirilgan.

Bahrayn ham Al-Aqso masjidiga qilingan reydni “xalqaro qonunlar va kelishuvlarni buzuvchi provokatsiya” deb atab, Quddusdagi tarixiy va huquqiy status-kvoga hurmat ko‘rsatilishini talab qilgan.

Livan TIV Isroil vaziri va yuzlab yahudiy aqidaparastlarning Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi “Isroilning tizimli, provokatsion, keskinlashtiruvchi, rad etilgan va xalqaro huquq hamda qonunlarni buzuvchi siyosati kontekstida sodir bo‘lgani”ni aytgan. Hukumat xalqaro hamjamiyat va tegishli davlatlarni G‘azoga hujumni to‘xtatish uchun zudlik bilan qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan.

Bir kun avval Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bir qator mamlakat rasmiylari bilan birgalikda bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirgani haqida xabar qilgandi.

Mazkur hududning boshqaruvi va suvereniteti bo‘yicha muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yahudiylar bu yerda ibodat qilayotganga o‘xshaydi. Aytganimdek, bizning siyosatimiz yahudiylarning bu yerda ibodat qilishiga ruxsat berishdir”, degan isroillik vazir Al-Aqsodan qilgan videomurojaatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA, Bahrayn, Ummon va Livan Isroil vazirining Al-Aqso masjidiga hujumini qoraladi