Foto: The Bell
Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) rossiyalik oligarx Suleyman Kerimovning 1,3 milliard yevro mablag‘ini muzlatib qo‘ydi, deb xabar beradi Swissinfo.
SECO ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush sabab joriy etilgan sanksiyalar tufayli Shveysariyada umumiy qiymati 7,4 milliard yevrolik aktivlar muzatilatilgan.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Shveysariya sanksiyalariga uchragan jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli 17 ta ko‘chmas mulk obyekti, qimmatbaho avtomobillar, san’at namunalari, mebel va musiqiy anjomlarga taqiq qo‘yilgan.
Ayni vaqtda jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘larini qonuniylashtirishga uringan va Shveysariya qonunchiligini buzgan to‘rt nafar fuqaro va yana bir nafar «noma’lum shaxs»ga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda. Ular rossiyalik milliarder Kerimovga aloqador bo‘lishi mumkin.
Jinoyat ishi doirasida federal prokuratura va Kriminal politsiya idorasi Lyutsern, Sug va Nidvaldenda tegishli huquq-tartibor organlari bilan birgalikda sakkizta tintuvni amalga oshirgan.
2021 yilda Rossiya Forbes Suleyman Kerimov hamda uning oilasi boyligini 15,8 milliard dollarga (Rossiyaning eng boy biznesmenlari ro‘yxatida 10-o‘rin) baholagan. Dog‘istonda Federatsiya kengashi a’zosi bo‘lib siyosiy karyera qurgan Kerimov va uning oilasi «Polyus» oltin sanoati kompaniyasining asosiy egalari hisoblanadi.
Kerimov 2018 yildan beri AQSH sanksiyalari ro‘yxatida turibdi. U mazkur «qora ro‘yxat»ga Putinga yaqin bo‘lgan amaldorlar va biznesmenlar safida bo‘lgani uchun kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Mayk Tayson Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangida kimga muxlislik qilmoqchi?
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi: Kuraxovo uchun jang davom etmoqda