Foto: VGG Online
Qirg‘iziston Milliy banki rasmiy kurs belgilanadigan valyutalar ro‘yxatiga Xitoy yuanini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.
O‘zgartirish 2024 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Qaror Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kuchayishi, shuningdek, xalqaro savdoda hisob birligi sifatida yuanning mashhurligi oshishi bilan bog‘liq.
“Qarorga ko‘ra, yuanning Qirg‘iziston so‘miga nisbatan kursi AQSH dollari bilan kross-kurs asosida hisoblanadi. Ushbu usul Reuters va Bloomberg kabi dunyoning yetakchi axborot agentliklari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu agentliklarning ma’lumotlari ishonchli va dolzarb hisoblanadi, bu esa Milliy bankka belgilanayotgan kurslarning aniqligi va xolisligini ta’minlash imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Bu qanday imkoniyat beradi?
Qayd etilishicha, bu mamlakat korxonalari va moliya institutlariga xitoylik hamkorlar bilan yanada samarali ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratadi, bu esa mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va investitsiya muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi