Foto: Anadolu
Ukraina armiyasi Rossiya hududidagi to‘rtta harbiy aerodromga birdaniga zarba berilganini ma’lum qildi.
«14 avgustga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari va Maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi bilan birgalikda Rossiyaning Voronej, Kursk va Nijniy Novgorod viloyatlaridagi to‘rtta aerodromga hujum qildi», — deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining Facebook'dagi xabarida.
Idoraning ta’kidlashicha, «Xalino», «Savasleyka», «Borisoglebsk» va «Baltimor» harbiy aerodromlari zarbaga uchragan.
«Bu aerodromlarda armiya aviatsiyasi, Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, Su-35 qiruvchi samolyotlari va boshqa dushman harbiy samolyotlari joylashgan. Asosiy yo‘q qilish obyektlari yonilg‘i-moylash materiallari va aviatsiya qurollari edi. Hujum natijalariga oydinlik kiritilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi idora. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda