16:48 / 16.08.2024
234

Olimpiadada oltin medal olgan pokistonlik sportchi 1 mln dollarga yaqin pul mukofoti oldi

Olimpiadada oltin medal olgan pokistonlik sportchi 1 mln dollarga yaqin pul mukofoti oldi
Foto: Associated Press
Parij Olimpiadasida sportning nayza uloqtirish turi bo‘yicha Pokiston sharafini himoya qilgan Arshad Nadim yakunda musobaqa rekordini yangiladi. Sportchi mahalliy rasmiylar tomonidan 897 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif sportchini taqdirlash uchun o‘tkazilgan Islomoboddagi marosimda Nadim uchun 150 million rupiy (538 ming dollar) ajratilishini e’lon qildi. Bungacha Panjob bosh vaziri Mariam Navoz Mian Channu tumanidagi qishloqdagi Nadimning uyiga tashrif buyurib, unga 100 million rupiy (359 ming dollar) chek sovg‘a qilgan.

Shuningdek, Navoz sportchining nayzani rekord uzoqlikka – 92,97 metrga uloqtirgani uchun natija sharafiga “PAK 92.97” maxsus davlat raqamiga ega bo‘lgan yangi avtomobil kalitini topshirdi. Nadimning murabbiyi Salmon Iqbol Buttga ham 5 million rupiy (18 ming dollar) berildi.

Siz 250 million pokistonliklarning xursandchiligini ikki baravar oshirdingiz, chunki biz ertaga (15 avgust) Mustaqillik kunimizni ham nishonlaymiz. Bugun har bir pokistonlik baxtli va butun xalqning kayfiyati yuqori”, degan Sharif Nadim uchun pul mukofotini e’lon qilish chog‘ida.

Ma’lumot uchun, sportchining otasi yollanma ishchi bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu Olimpiada Pokiston musobaqa yakunlariga ko‘ra faqatgina 1 ta oltin medalga ega chiqdi va medallar jamg‘arish bo‘yicha 62-o‘rinni qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta medal bilan umumjamoa reytingida 13-o‘ringa joylashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimpiadada oltin medal olgan pokistonlik sportchi 1 mln dollarga yaqin pul mukofoti oldi