Foto: Anadolu
Rim papasi Fransisk blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va mojaro kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha sa’y-harakatlarni ko‘rishga chaqirdi. Papa 15 avgustda katoliklar tomonidan nishonlangan ibodatda tegishli murojaat qildi.
Pontifik hujumlar davom etayotgan G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatib borayotganini aytdi.
«Men G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatishda davom etyapman. Yana bir bor barcha jabhalarda o‘t ochishni to‘xtatishni, garovga olinganlarni ozod qilishni va odamlarga yordam berishni talab qilaman. Men barchani mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga, bu fojiaga imkon qadar tezroq barham berish uchun muzokaralar yo‘lidan borishga chaqiraman. Urush - mag‘lubiyat ekanligini unutmaylik», - dedi Rim papasi Fransisk. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda