Foto: AP
AQSH Maxfiy xizmati Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun prezident Jo Bayden qo‘riqchilarining bir qismini yubordi.
The New York Times (NYT)ga ko‘ra, bu sobiq prezidentga iyul oyida uyushtirilgan suiqasddan keyin amalga oshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Trampni ochiq havoda saylov mitinglari paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hujumlardan himoya qilish maqsadida zirhli oynalar ham sotib olingan.
“Jamoaning bir qismini bunday yo‘naltirish g‘ayrioddiy hodisa”, deya ta’kidlagan nashr.
Nashr suhbatdoshining fikricha, Trampga tahdidlarning kuchayishi va Baydenning sayohat jadvalining qisqarishi bu qadamni amalga oshirishga imkon bergan.
Oq uy va Tramp kampaniyasi mazkur xabarga izoh berishdan bosh tortgan.
Oq uyning sobiq rahbari yaralangan Pensilvaniya shtati Butler shahrida bo‘lib o‘tgan mitingdan beri ochiq saylovoldi tadbirlarida qatnashmayapti. 15 avgust kuni u Nyu Jersi shtatining Bedminster shahrida joylashgan shaxsiy golf klubida ochiq havoda matbuot anjumani o‘tkazgan.
Iyul oyi o‘rtalarida Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti mitingida suiqasd natijasida yaralangan edi. Miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohatlangan. Jinoyatchi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi