Foto: Reuters
Qatar vositachiligida avgust oyida Dohada rejalashtirilgan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar Kursk viloyatiga hujum tufayli noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda muzokaralarga yaqin rasmiylarga tayanib, The Washington Post xabar berdi.
Muzokaralarda tomonlar energetika infratuzilmasiga o‘zaro hujumlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni muhokama qilishi kerak edi. Bu kelishuv qisman o‘t ochishni to‘xtatishga teng bo‘lib, kelajakdagi otashkesimga undashi kutilgandi.
Biroq, vaziyatdan xabardor anonim diplomatlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatiga hujum qilganidan so‘ng, Rossiya delegatsiyasi uchrashuvni keyinga qoldirdi va Kiyevning harakatlarini “eskalatsiya” deb baholadi.
“Rossiya boshida muzokaralarni bekor qilmadi, ular bizga vaqt bering, deyishdi. Kurskdan keyin esa rad etishdi”, deydi manba.
Ukraina tomoni har qanday holatda o‘z delegatsiyasini Dohaga yuborishga tayyorligini bildirgan, biroq Qatar bir tomonlama uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortdi.
The Washington Post so‘roviga javoban Ukraina prezidenti ofisi Dohadagi sammit “Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli” qoldirilganini, biroq 22 avgust kuni videoanjuman shaklida o‘tkazilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)