Foto: Jerusalem Post
Livandagi so‘nggi elektr stansiyasi yoqilg‘i yetishmasligi tufayli yopildi, oqibatda mamlakat hududi elektrsiz qoldi. Bu haqda Électricité du Liban energetika kompaniyasiga tayanib Jerusalem Post xabar berdi.
Qayd qilinishicha, mamlakat bo‘ylab energiya ta’minoti to‘xtatilgan, jumladan, yirik shaharlar va muhim infratuzilma obyektlari, jumladan, Bayrut aeroporti, dengiz porti, suv nasoslari va kanalizatsiya tizimlari elektrsiz qolgan. Ta’minot tanqisligi tufayli aholi «iloji boricha suvni tejashga» chaqirilgan.
Électricité du Liban mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 90 foizini nazorat qiladi. Kompaniya yoqilg‘i ta’minoti tiklangach, elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishga va’da bermoqda. Avvalroq, mamlakat hukumati yoqilg‘ining yangi partiyasi 20 avgustda yetkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)