Foto: Idil Toffolo / IMAGO
Turkiya g‘arbidagi Izmir shahrida favqulodda xizmatlarning minglab xodimlari ikkinchi sutka shaharning turar joylariga yetib kelgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga urinmoqda.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, mahalliy hukumat jabrlangan hududlardan 900 ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Izmirda yong‘inni o‘chirishga 2965 kishi va 600 ga yaqin texnika jalb etilgan.
Izmir shimolidagi Karshiyaka tumanida olov 30 ta binoga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, 10 qavatli turar joy binosi yonib ketgan — o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan u yerda yashovchi odamlarni evakuatsiya qilib, alangani o‘chirgan. Izmirning boshqa hududlari ham bir nechta uy yonib ketgani aytilmoqda.
Yerlikayaga ko‘ra, Izmir yaqinidagi Manisa shahri yong‘in aholi punktlariga tarqalishi xavfi sabab 1440 kishi evakuatsiya qilingan.
Izmir yaqinidagi yong‘in sababi — piknik uchun yoqilgan gulxan
Turkiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Ibrohim Yumakli TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida Izmir yaqinidagi o‘rmon yong‘ini «uch kishi piknik uchun gulxan yoqqani» oqibatida kelib chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya aybdorlarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. «Viloyatda beqaror va kuchli shamol esmoqda. Xudoga shukrki, yong‘inlar oqibatida hali hech bir inson qurbon bo‘lmadi. Albatta, hayvonlar haqida aytmayapman — men ularga chin dildan achinaman», — deydi Yumakli.
Yoz boshidan beri Turkiyada bir necha bor anomal jazirama kuzatildi. TRT ma’lumotlariga ko‘ra, 16 avgust kuni o‘rmon yong‘inlari kamida oltita shahar va viloyatda, jumladan, Chanoqqal’a, Manisa va Bolu shaharlarida yuzaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)