09:28 / 20.08.2024
798

Rossiya FXX yuqori martabali generallar iste’fosiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi

Rossiya FXX yuqori martabali generallar iste’fosiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi
FXX direktori Aleksandr Bortnikov
Foto: «TASS»

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ichida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Tizimdagi bir nechta rahbariy lavozimlar, jumladan, direktor Aleksandr Bortnikovning ham o‘rni bo‘shab qolishi aytilmoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, tez orada taniqli generallar iste’fosi ko‘rinishidagi «Domino effekti» yuz beradi, chunki Rossiya hokimiyat tizimi shunday qurilganki, asosiy figuraning kuchsizlanishi uning atrofidagi barchaga muammo keltirib chiqarish bilan yakunlanadi. «Qattiq g‘ajish boshlandi», — deydi amaldagi va ikki nafar sobiq FXX xodimi.

Noyabr oyida Bortnikov 73 yoshga to‘ladi. Armiya generali bo‘lgani sabab xizmat yoshi cheklovi unga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo uning o‘zi «sog‘lig‘i tufayli tinchlik so‘ramoqda».

Mazkur lavozimga asosiy nomzod sifatida FXX direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey Korolev ko‘rib chiqilmoqda — u Rossiya jinoyat olamining yetakchilari, shuningdek, kontrrazvedka xizmati boshlig‘i Vladislav Menshikov bilan uzoq yillik aloqaga ega.

«Ustuvorlik o‘zgardi: oligarxlar ustidan nazorat o‘rnatish o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Endi asosiy masala — armiya va harbiy-sanoat majmualari, diversantlar va terrorchilar ustidan nazorat. Bu esa Menshikovning mavzusi», — deydi Rossiya maxsus xizmatlari bo‘yicha mutaxassis Andrey Soldatov.

Ta’kidlanishicha, idorani 9 yilga yaqin boshqargan prezident yordamchisi Nikolay Patrushev FXX ichidagi pozitsiyasini yo‘qotgan. Shundan keyin uni Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlashgan, shunday bo‘lsada u xizmat ichida ulkan ta’sir doirasini saqlab qolgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Patrushevning odamlari FXXda ishlashni davom etmoqda, biroq Nikolayning prezidentning kemasozlik bo‘yicha yordamchisi degan «sharmandali lavozimga» o‘tkazilishi oqibatida ular ham o‘z o‘rnida uzoq qolmaydi.

Shuningdek, Patrushev jamoasining asosiy generallaridan biri — konstitutsiyaviy tuzum himoyasi bo‘yicha xavfsizlikni ta’minlagan Aleksey Sedovning ham iste’fosi kutilmoqda. Yuqori martabali amaldorga nisbatan e’tirozlar Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘lgan teraktdan keyin kuchaygan.

Iyun oyida FXX 5-xizmati boshlig‘i general-polkovnik Sergey Beseda ham lavozimdan olingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘linma xodimlari prezident Putinni qo‘shni davlat viloyatlari Kiyevdan «ozod bo‘lishni» kutayotgani va Rossiyaga «yugurib kelishi» haqidagi yolg‘on ma’lumotlar bilan ta’minlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya FXX yuqori martabali generallar iste’fosiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi