Foto: Moesgaard Museum
Daniyada Orxus universitetining arxeolog-talabasi qadimgi vikinglar xazinasini topdi. Xoybergdagi Moyesgard muzeyi (MOMU) xabariga ko‘ra, topilma manzili — Olsted shahri yaqinidagi qishloq xo‘jaligi foydalanuvidagi yerlar.
Talaba bir paytlar skandinavlar qo‘rg‘oni bo‘lgani taxmin qilingan ushbu manzilda metall qidirgich yordamida avvaliga kumush bilaguzuk topgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, jami og‘irligi 500 gramm bo‘lgan shunday taqinchoqlardan yana oltitasini topishga muvaffaq bo‘lgan.
U topilma haqida mahalliy hokimiyatga xabar berdi. Muzey ekspertlari buyumlar milodiy 800-yillarga mansub degan xulosa chiqarishdi, bu vikinglarning ilk davrlari (793–1066 yillar)ga to‘g‘ri keladi.
Olimlarning fikricha, kumush bilaguzuklar shunchaki taqinchoq emas, shuningdek, vikinglar o‘rtasida valyuta vazifasini ham bajargan. Topilmalarning barchasi Daniya hududida tayyorlangan. Biroq metall halqalarning biri uslubi bo‘yicha Qadimgi Rus taqinchoqlariga, yana uchtasi esa Irlandiya zargarlik namunalariga o‘xshab ketadi.
Bu xilma-xillik o‘sha davrlarda vikinglar turli mintaqalar bilan keng madaniy va savdo aloqalarini o‘rnatganidan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi