
Parij Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Razambek Jamalov Dog‘istonga qaytdi.
Videoda aytilishicha, O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasi a’zosi Razambekka federatsiya tomonidan ikkita Leye 7 avtomobili sovg‘a qilingan.
Sportchi ushbu avtomobillarni murabbiylari — Musa Saydulbatalov va Adam Saytiyevga sovg‘a qildi.
O‘z navbatida, dog‘istonlik tadbirkorlardan biri Razambekka 5 million rubl taqdim etdi.
Parij Olimpiadasida Razambek finalda Yaponiya vakili Takatanini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchiga 200 ming AQSH dollari, ikki qavatli hovli hamda Tahoe avtomobili sovg‘a qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar