Foto: CNN
Chexiya prezidenti Petr Pavel Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishning bir nechta variantlari mavjudligini aytdi. Bu haqda Novinky xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush har ikki tomon o‘z siyosiy maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishish mumkin emas degan xulosaga kelmaguncha davom etadi.
"Menimcha, bir necha yildan so‘ng ikki tomon ham bundan keyin oldinga siljishning imkoni yo‘qligini anglab yetadi va muzokaralar boshlanadi. Dunyo davlatlari, xususan, nafaqat AQSH, balki Xitoy ham bu jarayonga salmoqli hissa qo‘shishi lozim. Ular ikki mamlakatni siyosiy, iqtisodiy va diplomatik yo‘llar bilan muzokaralarga undashi kerak", dedi Pavel.
Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqi katta iqtisodiy va siyosiy kuchga egaligini ta’kidladi.
"Biroq u o‘z kuchi bilan ta’sir o‘tkaza olmaydi, shuning uchun unga AQSH va dunyoning barcha demokratik mamlakatlari bilan yagona yondashuv zarur", deya izoh berdi siyosatchi.
Petr Pavel mojaro qaynoq bosqichdan “yillar davomida cho‘zilishi mumkin bo‘lgan” muzlatilgan holatga o‘tishi mumkinligini prognoz qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi