Foto: Daily Mail
Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan umumiy og‘irligi uch kilogrammga yaqin 452 ta mayda metall buyumlarni olib tashladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
37 yoshli bemor qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilib kasalxonaga kelgan — u hatto suv ham icholmaydigan holatda edi. Erkakning oshqozonini rentgen qilgan shifokorlar unda metall to‘planganini ko‘rdi. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, oshqozondan qariyb uch kilogramm vint, gayka, murvat, mix va boshqa narsalar topildi.
Foto: Bemorning rentgen tasviri
Bir necha kundan keyin bemorga psixoz tashxisi qo‘yildi. Bu gallyutsinatsiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ruhiy buzilish kuchayganida buyumlarni erkakning o‘zi yutib yuborgan — u uch oy davomida metall “yegan”.
Psixoz bosh jarohati, o‘smalar, ruhiy tushkunlik va giyohvandlik bilan rivojlanadi. Shifokorlar bemorning afyunga qaramligini aniqladi. Erkak davolanish uchun ruhiy kasalliklar bo‘limiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi