21:03 / 22.08.2024
180

Munarbek Seitbek Uulu “Miss Qirg‘iziston” go‘zallik tanlovi g‘olibasiga uylanmoqda

Munarbek Seitbek Uulu “Miss Qirg‘iziston” go‘zallik tanlovi g‘olibasiga uylanmoqda
Qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seitbek Uulu “Miss Qirg‘iziston” tanlovi g‘olibasiga uylanayotganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston boksi tarixidagi ilk kumush medal sohibi bo‘lgan Munarbek tez orada to‘yi bo‘lishini aytib o‘tdi. Olimpiada oldidan Seitbek Uulu sevgan qiziga turmush qurishni taklif qilgan va musobaqa yakunlangach, to‘yni o‘tkazishga va’da bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan to‘y marosimi anonsi bo‘lgan videolar tarqalgan.

Munarbek Olimpiadada to‘rtta jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan. Finalda u o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Halokovga qarshi jang qilgandi. Yakunda Abdumalik ochkolar evaziga g‘alaba qozongan.

Munarbekka Olimpiada davomida o‘zbekistonlik Akmal Hasanov murabbiylik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Munarbek Seitbek Uulu 2023 yil jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakati tarixida bunday sovrinni qo‘lga kiritgan ilk bokschiga aylangandi. Qirg‘izistonlik sportchilar Parijdan umumiy oltita medal bilan qaytdi: ikkita kumush va to‘rtta bronza.

Parijdagi Olimpiadaga yo‘l olgan 16 nafar qirg‘izistonlik sportchilardan 10 nafari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Qirg‘iziston sovrindorlarni 82.000 dollar (kumush medal sohiblari) va 58.600 dollar (bronza medalini qo‘lga kiritganlar) mukofot pullari bilan taqdirlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Munarbek Seitbek Uulu “Miss Qirg‘iziston” go‘zallik tanlovi g‘olibasiga uylanmoqda