Dushanbeda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘kayev va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyoning ikki davlati o‘rtasida ittifoqchi davlat maqomini mustahkamlangan bitim tuzildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
«Ushbu tarixiy hujjat biz uchun yangi ufqlarni ochadi va ko‘p qirrali aloqalarni yanada kengaytirish uchun asos yaratadi», — deya Qozog‘iston prezidentining so‘zlarini keltiradi nashr. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon esa kelishuv imzolanishi ikki Markaziy Osiyo davlatining tub manfaatlariga javob berishini ta’kidladi.
Imzolangan kelishuv Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarida o‘zaro yordamga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari qo‘shma infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi