12:15 / 23.08.2024
217

Ukraina AQSH bombalari bilan Rossiya hududiga zarba berdi (video)

Ukraina AQSH bombalari bilan Rossiya hududiga zarba berdi (video)
Foto: Videodan kadr
Ukraina aviatsiyasi Amerikaning yuqori aniqlikdagi GBU-39 bombalaridan foydalangan holda Kursk viloyatidagi rossiyaliklarning vzvod tayanch punktiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina aviatsiyasi qo‘mondoni Nikolay Oleshuk ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum 22 avgust kuni amalga oshirilgan. Natijada dronlarni boshqarish markazi, radioelektron kurash bo‘linmasi, texnika, qurollar va 40 nafargacha rus harbiysi yo‘q qilingan. GBU-39 yoki GLSDB — AQSHning yuqori aniqlikdagi boshqariladigan aviabombasi. U harbiy yordam doirasida Ukraina armiyasiga yetkazib berilgan.

Aviabombaning og‘irligi 130 kilogramm bo‘lib, maksimal ta’sir radiusi 110 kilometrni, nishonga urish aniqligi esa 5 metrdan 8 metrgacha oraliqni tashkil etadi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukraina uchun G‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishi tinchlik harakatlariga yordam berishini aytgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur qurollardan Rossiya hududida foydalanishga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina AQSH bombalari bilan Rossiya hududiga zarba berdi (video)