205
Sudlangan barcha migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish tashabbusi Davlat dumasiga kiritiladi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiyada sudlangan barcha migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu boradagi tashabbus Davlat dumasiga kiritiladi, deb xabar berdi Davlat qurilishi va qonunchilik bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Sardana Avksentiyeva.
Shuningdek, bunday migrantlar Rossiyaga kirish huquqisiz hamda vaqtinchalik yashash ruxsatnomalaridan mahrum qilingan holda mamlakatdan chiqarilishi ma’lum qilindi.
Bu tashabbusga kecha 23 avgust kuni Volgograd yaqinidagi koloniyada ro‘y bergan voqea turtki bo‘ldi.
Volgograd viloyatining Surovikino shahridagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida 4 nafar mahbus bir necha federal jazoni ijro etish xizmati xodimlarini garovga oldi. Mazkur mahbuslar Rossiyaga ishlashga kelgan migrantlar bo‘lib, ular turli jinoyatlar bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilingani xabar berildi.
Ular o‘zlarini ISHID a’zosi deb e’lon qilib, jazoni ijro etish xizmati xodimlarining uch nafarini o‘ldirgan. Yana bir qancha xodimlar jarohat olgan. Garovga olish natijasida yaralanganlar orasida ATK-19 boshlig‘i ham bo‘lgan.
Rossiya maxsus kuchlari garovdagilarni ozod qilish uchun shturm uyushtirib, jinoyatchilarni zararsizlantirdi. Avvaliga ikki jinoyatchi halok bo‘lgani, yana ikki nafari yaralangani xabar qilindi. Keyinroq yaralangan jinoyatchilar ham vafot etgani ma’lum qilindi.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida ozodlikdan mahrum qilish joyidagi mahbuslar pichoq va boshqa sovuq qurollarni qanday qo‘lga kiritishgani aniqlanishi aytib o‘tildi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi