Rossiya Kursk viloyatida asirga olingan 115 nafar harbiy xizmatchini Ukraina asirligidan qaytardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligida ma’lum qilindi.
«Muzokaralar natijasida Kursk viloyatida asirga olingan 115 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining 115 nafar harbiy asiri o‘tkazildi», – deyiladi harbiy departament xabarida.
Ta’kidlanishicha, ozod etilgan barcha harbiy xizmatchilar hozirda Belarus davlatida bo‘lib, u yerda ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, keyinchalik ular Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Rossiyaga olib ketiladi.
Harbiy xizmatchilarga «qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati ham berilgan».
Qayd etilishicha, rossiyaliklarni Ukraina asirligidan qaytarish chog‘ida BAA «gumanitar xarakterdagi vositachilik sa’y-harakatlarin» amalga oshirgan.
Bu Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumidan keyin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi birinchi va Ukrainaga bosqindan beri BAA vositachiligida amalga oshirilgan yettinchi (jami 1 788 nafar asir) almashinuvdir.
Eslatib o‘tamiz, Kursk viloyatida janglar 6 avgustdan beri davom etmoqda. 7 avgust kuni mintaqada, 9 avgustda esa federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi