21:30 / 24.08.2024
127

Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga «qizil chiziqlar» shartini qo‘yolmaydi

Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga «qizil chiziqlar» shartini qo‘yolmaydi
Foto: president.gov.ua
Rossiya hukumati Ukrainaga «qizil chiziqlar» shartini qo‘ymaydi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Mustaqillik kuni munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bayonot videosi Rossiyaning Kursk viloyati bilan chegaradosh Sumi viloyatida amalga oshirilgan. Ukraina qurolli kuchlari avgust oyi boshidan buyon Kursk viloyatiga hujum qilmoqda.

«Ukrainaliklar har doim qarzlarini qaytaradi. Yurtimizga falokat tilagan kishi esa uni o‘z uyida oladi. Ortig‘i bilan. Yurtimizga zulm sepmoqchi bo‘lganlar uning mevasini o‘z hududida terib oladi. Bu bashorat emas, maqtanish emas, ko‘r-ko‘rona qasos olish emas, bu taqdir. Adolat. Zulm uchun bumerang… Bugun Ukraina Mustaqilligining 33 yilligini nishonlayapmiz. Dushman yurtimizga olib kelgan urush endi o‘z uyiga qaytdi. Kim bizning yerlarimizni bufer zonaga aylantirmoqchi bo‘lsa, o‘z mamlakati bufer federatsiyaga aylanib qolmasligini o‘ylashi kerak», dedi Zelenskiy.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiyani «dunyodagi birinchi raqamli terrorchi tashkilot» va Vladimir Putinni «Qizil maydondagi kasal bobo» deb atadi, ammo uning nomini tilga olmadi.

«Ularning xo‘jayinini xira ko‘zlari butun dunyoni kulrang maydon sifatida qabul qiladi. Lekin biz haqli ravishda ko‘k-sariq bayroq bo‘lishi kerak bo‘lgan yerning kulrang zonaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Doimiy ravishda hammani «qizil tugma» bilan qo‘rqitadigan «Qizil maydondagi kasal bobo» o‘zining ba’zi «qizil chiziqlarini» bizga shart qilib qo‘yolmaydi. Qanday yashash, qaysi yo‘lni tanlash va qanday tanlov qilish faqat Ukraina va ukrainaliklar tomonidan belgilanadi. Chunki mustaqillik shunday ishlaydi», dedi Zelenskiy.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Volodimir Zelenskiy bir necha bor Vladimir Putinni «kasal» va «xavfli» deb atagan. U Ukrainadagi rus qo‘shinlarining xatti-harakatlarini, shuningdek, Rossiya rasmiylarining «Krokus»dagi teraktda Kiyevning aloqadorligi haqidagi ayblovlarini shunday izohlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga «qizil chiziqlar» shartini qo‘yolmaydi