07:52 / 25.08.2024
59

Britaniyada arilar to‘dasi hujumiga uchragan erkak o‘lishiga bir baxya qoldi

Britaniyada arilar to‘dasi hujumiga uchragan erkak o‘lishiga bir baxya qoldi
Foto: Sky News
Britaniyada Endryu Pauell ismli 57 yoshli erkak arilar to‘dasi hujumi oqibatida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi. Arilar uni 240 marotaba chaqqan, deb xabar beradi Sky News.

Qayd etilishicha, ushbu holat erkak velosipedda sayr qilib, uyiga qaytayotganida sodir bo‘lgan. Kutilmaganda unga arilar hujum qilgan. Uning aytishicha, bir necha soniya ichida hasharotlar uning boshidan oyog‘igacha chaqib tashlagan. Sarosimaga tushib qolgan Endryu uyiga kirib, arilarni vannadagi suv bilan yuvib tashlashga uringan, ammo hasharotlar shu qadar ko‘pligidan xona ularga to‘lib qolgan.

Pauell bir amallab do‘stiga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan, u esa zudlik bilan tez yordamga murojaat qilgan. Erkak aynan shu sabab omon qolganini ta’kidlagan. Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmaganida u shifoxonaga ham yetib bora olmas edi, chunki Endryu yo‘l-yo‘lakay bir necha bor hushini yo‘qotgan.

Erkakka ko‘ra, hujumga shu yaqin atrofda ari uyasi vayron qilingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Nashrning yozishicha, agar biror odamning atrofida ari aylanib qolgan bo‘lsa, eng muhimi — undan qochmaslik lozim. Qimirlamasdan turishga harakat qilish yoki, aksincha, zudlik bilan bu joydan qochish kerak.

Avvalroq Irlandiyada hasharot (uning turi ko‘rsatilmagan) chaqishi oqibatida keksa ayolning oyog‘i kesib tashlangan edi. 69 yoshli ayol uyg‘onganida boldirlarida bir nechta kichik yaralarni ko‘rgan va ular o‘z-o‘zidan bitib ketadi deb o‘ylagan. Ammo bu sodir bo‘lmagan. Yaralarga bir necha hafta ichida infeksiya tushib, oyoqlar yiringlab ketgan va ular shifokorlar tomonidan kesib tashlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada arilar to‘dasi hujumiga uchragan erkak o‘lishiga bir baxya qoldi