16:47 / 25.08.2024
39

Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi

Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi
Foto:Ommcomnews
Isroilda 48 soatga “maxsus holat” e’lon qilindi. Bu haqda yahudiy davlati mudofaa vaziri Yoav Gallantga tayanib, Times of Israel xabar berdi.

Bunga Isroil harbiylari tomonidan Livandagi “Hizbulloh” harakati nishonlariga zarbalar berilishi sabab bo‘ldi.

“Maxsus holat” — favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan yuridik atama.

Bunday rejim hukumatga tinch aholi ustidan milliy mudofaa sa’y-harakatlarini optimallashtirish uchun ko‘proq vakolat beradi.

Isroil armiyasi 25 avgust kuni “Hizbulloh” yahudiy davlati hududiga raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar topganini ma’lum qildi va Livanga preventiv zarbalar berdi. Isroil shimolida trevoga signallari, havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushdi. Tibbiy xizmatlar maksimal darajada shay holatga keltirildi.

“Hizbulloh” tez orada qo‘mondon Fuad Shukrning o‘ldirilishiga javoban Isroil harbiy obyektlarini o‘qqa tutishini tasdiqladi, bu “dastlabki javob” bo‘ldi. Al Arabiya ma’lumotlariga ko‘ra, harakat 100 dan ortiq raketa uchirgan.The Jerusalem Post esa 320 ta raketa uchirilgani haqida xabar berdi.

Hozirda Tel-Avivda 240 ta bombapanoh ochilgan, ommaviy tadbirlar bekor qilingan va plyajlar yopilgan.

Tel-Aviv favqulodda vaziyatga tayyor. Aholidan hushyor bo‘lish va Isroil Ichki ishlar boshqarmasi ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz”, deydi shahar meri maslahatchisi Ilana Mixaeli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi