07:46 / 26.08.2024
29

AQSH Kursk viloyatiga hujum tufayli Ukraina bo‘yicha yangi qaror tayyorlamoqda

AQSH Kursk viloyatiga hujum tufayli Ukraina bo‘yicha yangi qaror tayyorlamoqda
© Sputnik / Natalya Seliverstova
Oq uy Kursk viloyatidagi operatsiya munosabati bilan Ukraina Qurolli kuchlariga yordamni o‘zgartirishi mumkin, deb yozadi “The Washington Post”.

Amerikaliklarga ko‘ra, Kiyevning umumiy hujum strategiyasiga ularning ishonchlari komil emas, Ukrainaning Amerika qurollariga qaramligi esa AQSH va NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojarosining kuchayishi qo‘rquvini jonlantirdi”, - deyiladi materialda.

Ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiy jurnalistlarga AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk yaqinidagi harakatlari tufayli Ukrainaga bo‘lajak harbiy yordam paketlari hajmini o‘zgartirish bo‘yicha ichki munozaralarni o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, ismini oshkor qilmaslikni istagan boshqa siyosatchiga ko‘ra, Vashingtonda haligacha Kiyevning Kursk viloyatidagi operatsiya bo‘yicha aniq rejalari haqida bilishmaydi.

6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning aytishicha, ularning yurishi to‘xtatilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining 23 avgustdagi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hududdagi janglarda dushman armiyasi 5,1 mingdan ortiq askari va 69 tankini yo‘qotgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Kursk viloyatiga hujum tufayli Ukraina bo‘yicha yangi qaror tayyorlamoqda