date
views 102

Makron Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi

Makron Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pavel Durovni hibsga olish qarori siyosiy emasligini ma’lum qildi.

Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni o‘qiyapman. Fransiya so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka sodiqdir. Hibsga olish davom etayotgan sud tergovi doirasida bo‘lib o‘tdi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

U mazkur qaror siyosiy emasligini ta’kidlagan. Fransiya rahbariga ko‘ra, “huquqiy davlatda fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ham, real hayotda ham erkinliklar qonun doirasida ta’minlanadi”.

Sud hokimiyati to‘liq mustaqil faoliyat yuritib, qonun ijrosini ta’minlashi shart”, deya xulosa qilgan Makron.

Telegram asoschisi Pavel Durov 24 avgust kuni Fransiyada hibsga olingani xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, u Ozarbayjondan Parijga shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Telegram'da moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi hamda firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun Durovga qidiruv e’lon qilingan. Shuningdek, fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani uchun hibsga olish haqida order berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi