date
views 138

Rossiya tashqi razvedka xizmati: AQSH Gruziyada “rangli inqilob” tayyorlamoqda

Rossiya tashqi razvedka xizmati: AQSH Gruziyada “rangli inqilob” tayyorlamoqda
Foto: AP
AQSH Gruziyadagi vaziyatdan norozi, shu sababli mamlakatda “rangli inqilob” tayyorlamoqda. Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmati (TRX) matbuot byurosi ma’lum qildi.

Amerikaliklar Gruziyada 'rangli inqilob' tayyorlamoqda. Oq uy 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Gruziyadagi vaziyatning rivojlanishidan juda norozi”, deyiladi razvedka xizmati xabarida.

Razvedka xizmatiga ko‘ra, bunga erishish uchun Gruziyaning g‘arbparast nodavlat tashkilotlari ovoz berish jarayonini yaqindan kuzatishga ko‘plab ko‘ngillilarni jalb qilmoqda. Shuningdek, ularga hokimiyatning ma’muriy resurslardan foydalanishining “muqarrar faktlarini” aniqlash va qayd etish vazifasi yuklangan.

Idoraning ta’kidlashicha, “Tbilisi maydan”ida ular ovoz berish vaqtida “firibgarlik dalillarini” chop etishni, saylov natijalari tan olinmasligini e’lon qilishni va hukumat o‘zgarishini talab qilishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, amerikaliklar rasmiylarning tinch aholiga nisbatan 'haddan tashqari' kuch ishlatishiga 'shafqatsiz' siyosiy va iqtisodiy javob variantlari ustida oldindan ishlamoqda”, deya qo‘shimcha qilgan razvedka xizmati.

Idora ta’kidlaganidek, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin, chunki amerikaliklarning sa’y-harakatlariga qaramay, muxolifat tarqoq bo‘lib qolmoqda va turli kuchlar tomonidan yaratilgan koalitsiyalar juda zaif.

Oq uy bu ssenariyni nomaqbul deb hisoblaydi, amerikaliklar “Gruziya orzusi”ning saylovoldi mavqeyini imkon qadar zaiflashtirish uchun saylovga yaqin Gruziya hukumatiga bosimni kuchaytirish niyatida”, deya aniqlik kiritgan TRX.

Iyun oyida Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze sobiq prezident Mixail Saakashvilining “Birlashgan milliy harakat” partiyasi a’zolari mamlakatni Ukraina ssenariysiga amal qilishga intilayotganini aytgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya tashqi razvedka xizmati: AQSH Gruziyada “rangli inqilob” tayyorlamoqda