date
views 68

Makron telegramning faol foydalanuvchisi bo‘lib chiqdi

Makron telegramning faol foydalanuvchisi bo‘lib chiqdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olinganiga qaramay, ushbu messenjerdan faol foydalanmoqda, deb yozadi Politico.

Telefonidagi kontaktlar ro‘yxatida Makronning raqami bo‘lgan sobiq parlament a’zosi nashrga messenjerda u bilan suhbatini ko‘rsatgan.

Makron birinchi prezidentlik kampaniyasi boshlanganidan beri telegram foydalanuvchisi, deya qayd etadi Politico. Nashrning ta’kidlashicha, oradan deyarli o‘n yil o‘tib, messenjerdan Fransiya hukumati a’zolari, turli darajadagi va partiyalar siyosatchilari faol foydalanishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sayyoramizning eng boy kishilaridan biri, VKontakte asoschisi, Telegram egasi Pavel Durov o‘tgan shanba kuni Fransiyadagi Le-Burje aeroportida hibsga olingan edi. U Fransiya, BAA, Sent-Kits va Nevis fuqaroliklariga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron telegramning faol foydalanuvchisi bo‘lib chiqdi
-->