date
views 52

Sukerberg pandemiya davrida Oq uy Meta'ga bosim o‘tkazganini ma’lum qildi

Sukerberg pandemiya davrida Oq uy Meta'ga bosim o‘tkazganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg Oq uy tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida kompaniyasiga bosim o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.

Sukerbergga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Facebook'dagi koronavirus bilan bog‘liq ayrim kontentlarni “senzuradan o‘tkazishni” talab qilgan.

Shuningdek, amaldorlar bir necha oy davomida Facebook'dan “COVID-19 bilan bog‘liq ba’zi kontent, jumladan, hazil va kinoya”ni olib tashlash yoki cheklashni so‘ragan. Kompaniya buni qilishdan bosh tortganida, ularning hafsalasi pir bo‘lgan.

Hukumat bosimi noto‘g‘ri bo‘lganiga ishonaman va biz bu haqda ochiqroq gapirmaganimiz uchun afsusdaman”, deydi Sukerberg.
Meta rahbari o‘z korporatsiyasining bu boradagi ba’zi qarorlari noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan va kompaniya kelajakda bunday bosimga qarshi kurashishiga va’da bergan.

2021 yil avgust oyida Meta korporatsiyasi COVID-19 haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi 20 milliondan ortiq postlarni o‘chirib tashlashini e’lon qilgandi. Bundan tashqari, vaksinalar haqidagi soxta xabarlarni tarqatishda gumon qilingan yuzlab akkauntlar o‘chirilgani ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sukerberg pandemiya davrida Oq uy Meta'ga bosim o‘tkazganini ma’lum qildi