47
Namibiyada ocharchilikdan qiynalayotganlarni qutqarish uchun fil va begemotlarni otishga ruxsat berildi
Foto: Parvomai.NET
Namibiya hukumati mahalliy muhtoj aholini go‘sht bilan ta’minlash uchun yovvoyi hayvonlarni otishga ruxsat berdi.
Afrikadagi ko‘plab mamlakatlari qatori, Namibiya kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda, oqibatda aksariyat fuqarolar, ayniqsa, qishloqlarda yashovchilar suv va oziq-ovqat yetishmovchiligidan qiynalmoqda.
Namibiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi 723 ta hayvonni o‘ldirishga ruxsat berdi. Shulardan: fillar — 83 ta, begemotlar — 30 ta, buyvollar — 60 ta, zebralar — 300 ta, shuningdek, turli antilopalar.
Yovvoyi hayvonlarni yaylovlar va suv yetishmayotgan milliy bog‘lar va shaharlarga yaqin hududlarda otishga ruxsat berilgan.
Aytilishicha, ushbu dastur asosida litsenziya olgan professional ovchilar va kompaniyalar 157 bosh yirik o‘txo‘r jonivorni otgan va aholiga 56 tonnadan ortiq go‘sht tarqatilgan.
BMT Afrika janubidagi qurg‘oqchilikni so‘nggi o‘n yilliklardagi eng talafotlisi, deya baholadi. Oqibatda 68 million nafarga yaqin afrikalik ocharchilik yoqasida turibdi. Namibiya bir oy ichida o‘z oziq-ovqat zaxirasining 84 foizini sarflab tugatgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»