08:25 / 29.08.2024
37

Isroil ravvinlari Al-Aqsoga turlarning moliyalashtirilishiga norozilik bildirdi

Isroil ravvinlari Al-Aqsoga turlarning moliyalashtirilishiga norozilik bildirdi
Foto: Wikipedia
30 nafar isroillik ravvinlar guruhi ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqsa masjidiga uyushtirilgan sayyohlik turlarini moliyalashtirish bo‘yicha hukumat qaroriga qarshi chiqdi.

Isroilning 14-kanalida “Diniy sionistik harakat” ravvinlari o‘ta o‘ng qanot Isroil merosi vaziri Amihay Eliyaxuga yuborgan maktubini e’lon qilgan.

Maktubda aytilishicha, asrlar davomida bosh ravvinlar Ma’bad tog‘iga (Masjid Al-Aqso) kirishni taqiqlab kelgan. Shuningdek, Al-Aqso masjidiga qilingan sayyohlik turlari uning hozirgi holatini hech qanday tarzda o‘zgartirmasligi ta’kidlanib, uning aholi punkti yoki sayyohlik maskani emasligiga ham e’tibor qaratilgan.

Avvalroq Isroilning KAN davlat televideniyesi hukumatning Isroil meros ishlari vazirligi orqali “Al-Aqso masjidi hududidagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni moliyalashtirish” rejalari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham Al-Aqso masjididagi status-kvoni o‘zgartirish bo‘yicha rasmiy harakatlar rejasi tayyorlanganini ma’lum qilgandi. KAN ma’lumotlariga ko‘ra, u Islomning uchinchi muqaddas maskani ustidan to‘liq nazoratni Isroilga o‘tkazish va yahudiylarning u yerga cheklovsiz kirishiga ruxsat berishni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil ravvinlari Al-Aqsoga turlarning moliyalashtirilishiga norozilik bildirdi