Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
Qirg‘izistonning Botken viloyatida Salim Abduvaliyevga (Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan) aloqador erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘lga olingan shaxs 1956 yilda tug‘ilgan. U Botken viloyatining Qizil-Qiya shahrida qo‘lga olinib, davlat qo‘mitasining mahalliy bo‘limiga olib kelingan.
“Tyergov natijalariga ko‘ra, gumonlanuvchi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan qidiruvga berilgan uyushgan jinoyatchi guruh rahbari Abduvaliyev Salimboyning jinoiy faoliyatiga jalb qilingan. Shuningdek, u avvalroq Toshkent shahrida Abduvaliyev bilan aloqasi uchun hibsga olingan 1978 yilda tug‘ilgan Z.E. bilan birgalikda suratga tushgan”, deyiladi xabarda.
Ushlangan shaxs tergov tadbirlarini o‘tkazish va Salimboyvachchaga aloqasini aniqlash uchun Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga olib kelingan. Natijada 68 yoshli erkak kriminal ideologiyani rad etib, davlat rivojlanishining ijobiy tendensiyalarini ta’kidlagan va Qirg‘iziston prezidentining jinoyatchi tuzilmalarga qarshi kurash siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 1950 yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-modda 1-qismi (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) ayblovida gumonlanib hibsga olingan edi. Mart oyi oxirida chiqarilgan hukm Abduvaliyev uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi uchun asos bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»