Foto: bm.ge
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyaga kelganidan bexabar bo‘lgani va u bilan uchrashishni rejalashtirmaganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Avvalroq Fransiyaning Le Figaro va boshqa bir qator nashrlari hibsga olish chog‘ida Durov uni Makron bilan kechki ovqatni rejalashtirgan Yelisey saroyida kutishayotganini aytgandi.
“Men janob Durovning Fransiyaga tashrif buyurganidan mutlaqo bexabar edim... Kimnidir taklif qilganim haqidagi gap yolg‘on... Durov bilan o‘tgan hafta oxirida ham, keyingi kunlarda ham uchrashishim kerak emas edi. Uning Fransiyaga kelmoqchi ekanligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emas edim”, dedi Makron.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u Durovga Fransiya fuqaroligi berilgani uchun “to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi”.
“Biz bu qarorni 2018 yilda qabul qilganmiz va men uni mutlaqo asosli deb hisoblayman. Taniqli biznesmenlar, sportchilar, san’atkorlarga fuqarolik berishni to‘g‘ri deb bilaman”, dedi u.
Telegram asoschisi Rossiya, Fransiya, BAA, Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega. Fransiya pasportini u 2021 yilda “Faxriy xorijlik” sifatida olgan.
Durovning hibsga olinishi va ozod qilinish sharti
Telegram asoschisi 24 avgust kuni Ozarbayjondan Parijga shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olindi. U fransuz huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan Telegram’da kiber va moliyaviy jinoyatlar masalalarida hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblandi.
Parij sudi uni platformaga aloqador avval e’lon qilingan 12 ta huquqbuzarlikdan 6 tasida, jumladan, hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishda, bolalar pornografiyasini tarqatishda, narkotrafikda ishtirok etishda, shuningdek, uyushgan guruh tarkibidagi firibgarlikda aybladi. 29 avgust kuni u 5 million yevro miqdorida garov to‘lash, haftada ikki marta politsiya uchastkasiga kelish, Fransiyani tark etmaslik sharti bilan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»