15:17 / 30.08.2024
116

Ukrainalik harbiy: “Agar rus harbiylari qanchalik oz ekanimizni bilganida, allaqachon oldinga siljigan bo‘lardi”

Ukrainalik harbiy: “Agar rus harbiylari qanchalik oz ekanimizni bilganida, allaqachon oldinga siljigan bo‘lardi”
Foto: Getty Images
Kursk viloyatida jang qilayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari o‘q-dorilar taqchilligiga duch keldi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Harbiylarga ko‘ra, Rossiya qarshi hujumni boshlagan va bosib olingan hududlarni ushlab turish qiyinlashgan. Ulardan ikki nafari Sudjadan shimoli-g‘arbida joylashgan qishloqda artilleriya hujumi oqibatida yaralangan.

Bizning artilleriyamiz o‘t ochmadi. Biz yana snaryad tanqisligiga duch keldik”, deydi ismini oshkor etmagan ukrainalik harbiy.
U o‘zining 11 kishilik kichik bo‘linmasi qo‘mondonlik kutganidan ham ichkariroqqa kirib borganini aytdi.

Biz o‘zimizni ko‘pchilikdek ko‘rsatib, u yoq-bu yoqqa yugurib yurdik. Agar rus harbiylari bizning qanchalik oz ekanimizni bilganlarida, ular allaqachon oldinga siljigan bo‘lardi”, dedi harbiy.

Shuningdek, u resurslar yetishmasligi sababli uning bo‘linmasi jangchilari evakuatsiya punktiga yetib borish uchun emaklab yashirinishga majbur bo‘lgani va yordam radio orqali so‘ralganidan 40 daqiqa o‘tib kelganini aytdi. Oqibatda uch nafar harbiy halok bo‘ldi, ikki nafari bedarak yo‘qoldi.

Hali ham o‘sha yerda bo‘lgan yigitlar yo‘lbars kabi jang qilishyapti. Bu yangiliklarda ko‘ringanidan ancha murakkab”, dedi harbiy.
Kursk viloyatidan evakuatsiya qilingan yana bir kishi uning 15 kishidan iborat guruhidan faqat besh kishi frontda xuddi shunday pistirmadan omon qolganini aytdi.

Biz u yerda ko‘plab odamlarni yo‘qotyapmiz”, deya tan oldi u.

Uch haftadan ko‘proq vaqt oldin boshlangan Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi davom etmoqda. Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning ta’kidlashicha, qo‘shinlar hali ham ba’zi yo‘nalishlarda harakat qilmoqda va 1294 kilometr kvadrat maydondagi 100 ta aholi punktini nazorat qilmoqda.

Shu bilan birga, ukrainlar bosib olingan hududlarni saqlab qolish niyatida va hozirda u yerda mudofaa chiziqlarini qurmoqda, deb ta’kidladi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Devid Koen.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik harbiy: “Agar rus harbiylari qanchalik oz ekanimizni bilganida, allaqachon oldinga siljigan bo‘lardi”