23:56 / 30.08.2024
47

Ukraina Mongoliyadan Putinni hibsga olishni so‘radi

Ukraina Mongoliyadan Putinni hibsga olishni so‘radi
Foto: The New Yorker
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Mongoliya rasmiylarini Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘ini bajarishga va 3 sentyabr kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirgan Vladimir Putinni hibsga olishga chaqirdi.

Vazirlik bayonotida Ukraina tomoni Putinning harbiy jinoyatchi ekanligini ta’kidlab, Rim statutini ratifikatsiya qilgan Mongoliya hukumati “bu haqiqatdan xabardor bo‘lishiga” umid bildirgan.

Ukrainalik bolalarning ko‘chirilishi Putin va Rossiyaning qolgan harbiy-siyosiy rahbariyatini javobgarlikka tortishi kerak bo‘lgan ko‘plab jinoyatlardan biridir. Bu shaxslar Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush, ukrainlarga qarshi vahshiylik, qotillik, zo‘rlash, talonchilik, fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutish va genotsidda aybdordir”, deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, vazirlik majburiy xalqaro hibsga olish orderini amalga oshirish va Putinni Gaaga sudiga topshirishga chaqirgan.

Kreml matbuot xizmati Vladimir Putinning 29 avgust kuni mamlakat prezidenti Uxnaagiin Xurelsux taklifiga binoan Mongoliyaga bo‘lajak tashrifini e’lon qilgan edi. Putin 1939 yilda Xalxin-Golda sovet va mo‘g‘ul qo‘shinlarining Yaponiya qurolli kuchlari ustidan qozongan g‘alabasining 85 yilligini nishonlashga taklif qilingan. Bu Putinning Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olishga order berganidan keyin Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatga birinchi tashrifi bo‘lishi kutilmoqda.

Kreml bu safardan xavotirda emasligini aytdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml “mongoliyalik birodarlari bilan ajoyib muloqotga ega” va tashrifning barcha jihatlari “puxta tayyorlangan”.

Tashrifga tayyorgarlikdan xabardor Bloomberg manbalariga ko‘ra, Putin Mongoliyaga borishdan oldin XJS orderi bilan hibsga olinmasligiga kafolat berilgan. BBC ta’kidlashicha, Mongoliyaning dengizga chiqish imkoni yo‘q va faqat Rossiya hamda Xitoy bilan chegaradosh, bu Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilish haqidagi faraziy ish bo‘yicha Gaagaga olib kelish jarayonini murakkablashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Mongoliyadan Putinni hibsga olishni so‘radi