20:33 / 31.08.2024
28

Durov tergovda fransuz razvedkasi bilan hamkorlik qilganini tan oldi

Durov tergovda fransuz razvedkasi bilan hamkorlik qilganini tan oldi
Foto: Libération
Fransiyaning Le Burje aeroportida hibsga olinganidan so‘ng darhol so‘roq qilingan Pavel Durov Fransiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilganini aytgan. Bu haqda Fransiyaning Liberation nashri manbaga tayanib yozdi.

Ta’kidlanishicha, Durov Fransiya Ichki xavfsizlik Bosh boshqarmasi (DGSI) xodimlari bilan aloqada bo‘lganini aytdi: «ishonch telefoni va maxsus elektron pochta manziliga ega» rasmiy aloqa kanali ochilgan, bu bir nechta teraktlarning oldini olishga yordam bergan.

Nashr manbasiga ko‘ra, Durov Dubayda DGSI vakillari bilan uchrashgan, sana aytilmagan. Ushbu uchrashuvda, tadbirkor «harbiy sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilish o‘zi uchun noo‘rin bo‘lishini» aniq aytgan. Nima muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Liberation shuningdek, so‘roq paytida Durov telefonini xavfsizlik kuchlariga topshirib, unga kirish imkonini berganini yozdi.

Avvalroq Le Parisien nashri ham o‘z manbasiga tayanib, Fransiya xavfsizlik kuchlari bilan Telegram aloqa kanali yaratilgani haqida ma’lumot bergan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Durov politsiyaga faqat terrorizmga qarshi kurash doirasidagi ma’lumotlarni taqdim qilganini ta’kidlagan. Ammo boshqa mazmundagi so‘rovlarni rad qilgan.

Pavel Durov 24 avgust kuni Parijning Le Burje aeroportida qo‘lga olindi. U 12 ta jinoyat bo‘yicha noma’lum shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish doirasida so‘roq qilingan. Keyinchalik, 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborildi. Sud unga Fransiyani tark etishni taqiqladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov tergovda fransuz razvedkasi bilan hamkorlik qilganini tan oldi