05:47 / 02.09.2024
31

Kamchatkada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Kamchatkada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
Foto: Rossiya FVV
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 31 avgust kuni bedarak yo‘qolgan «Mi-8» vertolyotining qoldiqlari ekipaj oxirgi marotaba aloqaga chiqqan joydan 900 metr uzoqlikdan topildi.

Qayd etilishicha, havo kemasi dengiz sathidan 1556 metr balandlikda joylashgan Vachkajes vulqoni tomon uyushtirgan parvozida halokatga uchragan.

«Vityaz-Aero» aviakompaniyasiga tegishli vertolyot bortida 22 kishi — uch nafar ekipaj a’zosi va 19 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. «RBK» nashri manbalari yo‘lovchilar orasida Rossiya futbol ittifoqining moliyaviy direktori Arseniy Zamyatin hamda uning rafiqasi ham bo‘lganini aytmoqda.

Vertolyot ekipaji havo kemasi yo‘qolgan kuni soat 07:15 da aloqaga chiqishi kerak edi, ammo bu sodir bo‘lmagan.

«Mi-8T»ni qidirish ishlariga boshqa bir vertolyot jalb etilgan. Shuningdek, qidiruvga yettita piyodalar guruhi (60 nafar mutaxassis) va 15 ta texnika safarbar qilingan. Rossiya FVVga ko‘ra, vertolyotni qidirish ishlari tunda ham davom etgan va 1 sentyabr kuni uning qoldiqlari topilgan.

«TASS»ning tezkor xizmatlarga tayanib ma’lum qilishicha, vertolyot tepalikka qulagan va uning bortida bo‘lganlarning hech biri omon qolmagan. «Halokat noqulay ob-havo sharoitida uchuvchi xatosi sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi — asosiy versiya sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Tumanda uchuvchi tepalikni payqamay, uning yonbag‘riga urilgan», — deyiladi halokat oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha shtab xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotni Denis Bleshik ismli uchuvchi boshqargan. Uning sobiq hamkasbi Aleksey Astrotinning aytishicha, Denisda parvoz qilishga ruxsatnoma bo‘lgan, ish tajribasi 12 yildan ortiq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamchatkada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi