date
views 97

Tayvan AQShdan besh barobar koʻproq Stinger xarid qiladi

Tayvan AQShdan besh barobar koʻproq Stinger xarid qiladi
Foto: Taipei Times
Tayvan Milliy mudofaa vazirligi AQShdan Stinger koʻchma zenit-raketa majmualari (KZRM) xaridini besh barobarga oshirishini ma'lum qildi.

Avvalgi bitim boʻyicha 178 ta Stinger uchirish qurilmalari, shuningdek, 170 ta «doʻst-dushman» tizimi va KZRM uchun 500 ta raketa etkazib berilishi kerak edi. Parlamentga tasdiqlanish uchun yuborilgan yangi soʻrovda qoʻshimcha 549 ta uchirish qurilmasi va 1985 ta raketa koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, AQSh tomoni bitimning yangi shartlarini ma'qullagan. Natijada buyurtma qiymati 418,6 million dollardan 2,16 milliard dollargacha oshgan.

Tayvanlik amaldorlarga koʻra, Xitoy harbiylarining havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasiga kirib kelishi quruqlikdagi qoʻshinlarning samolyot va dronlarga qarshi mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish kerakligini koʻrsatib qoʻygan.

Bundan tashqari, keyingi yilda Tayvan Harbiy-havo kuchlariga samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish va ta'mirlash uchun 43,7 milliard yangi tayvan dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi. Bu joriy yilgi mudofaa xarajatlaridan 16 foizga, oʻtgan yilga nisbatan esa 50 foizga koʻp demak.

Stinger’lar 2025 yilda Tayvanga topshirilishi kerak. Ushbu qurollar bilan dengiz piyodalari, harbiy politsiya, shuningdek, sohil qoʻriqlash xizmati xodimlari hamda harbiy dengiz kuchlari garnizonlarining harbiy xizmatchilari ta'minlanadi. KZRMlarning ikkinchi partiyasi 2031 yilda etkazib beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvan AQShdan besh barobar koʻproq Stinger xarid qiladi