
Meksika AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “shayton bilan gaplashishga” to‘g‘ri keladi. Bu haqda Meksika iqtisod vaziri Ildefonso Guaxardo ma’lum qilgan.
"Agar bizga meksikaliklar xavfsizligini ta’minlash uchun uchun iblis bilan gaplashishga to‘g‘ri kelsa, unda u bilan gaplashamiz", — deb Guaxardo so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Kun” nashri.
Vazirning bu so‘zlari AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Meksikaga tashrifidan so‘ng 20 kun o‘tib e’lon qilingan. Trampa Mexikoda mamlakat prezidenti Enrike Peney Neto bilan NAFTA kelishuviga aloqador masalalar muhokama etilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar