21:47 / 03.09.2024
21

Krishtianu Ronaldu Mister Beast'ni ortda qoldirish niyatida

Krishtianu Ronaldu Mister Beast'ni ortda qoldirish niyatida
Krishtianu Ronaldu intervyu davomida YouTube'dagi obunachilar soni bo‘yicha bloger Mister Beast'ni ortda qoldirmoqchi ekanini aytdi.

Men Mister Beast'ni mag‘lub etishim kerak”, dedi “An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Ronalduning kanaliga 56 milliondan ziyod kishi obuna bo‘lgan. Bu Mister Beast'dan (313,5 million) 257 millionga kam.

Krishtianu Ronaldu YouTube'dagi kanalini 21 avgust kuni ochgan. Dastlabki 24 soat ichida portugaliyalik forvardning YouTube kanaliga 19 729 827 kishi obuna bo‘ldi. Aynan shu natija sabab, futbolchi Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi.

Avvalroq futbolchi o‘zining kanalidagi podkastlardan birida Saudiyaga ko‘chib o‘tish qiyin bo‘lmagani, chunki hayoti doimiy qiyinchiliklardan iborat ekani haqida gapirib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu Mister Beast'ni ortda qoldirish niyatida