Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida Suzoq tumanida yashovchi fuqaro – qishloq fuqarolar yig‘inining sobiq deputati uyushgan jinoiy guruh bilan aloqasi borligi yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan U.Sh. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uyushgan jinoiy guruh mafkurasidan voz kechish majburiyati olingan. Avvalroq uning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan tushgan surati paydo bo‘lgan edi.
«Tushuntirish tadbirlaridan so‘ng U.Sh. jinoiy aloqadan voz kechdi va Qirg‘iziston Respublikasining rejalashtirilgan siyosiy yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining qayd etishicha, U.Sh. avvallari Suzoq qishloq kengashi deputati bo‘lgan va 2023 yil dekabr oyida Suzoq qishloq hokimiyati binosiga yer bilan firibgarlikka aloqadorligi haqidagi dalillarni qismlarga ajratib yo‘q qilish maqsadida qasddan o‘t qo‘ygani uchun 100 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida jarimaga tortilgan. Shu bilan birga, U.Sh., yonib ketgan binoni ta’mirlash uchun ajratilgan 6 million qirg‘iz so‘mi miqdoridagi zararni qoplagan.
Avvalroq, Qirg‘izistonda Jogorku Keneshning (parlament) sobiq deputati Nurg‘ozi Aydarov qidiruvga berilgan edi. U xalqaro uyushgan jinoiy guruh a’zolari hamda Salim Abduvaliyev faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»