PFA: Isroil kuchlari falastinlik darvozabonni otib o‘ldirdi

Dunyo1 daqiqa o'qish809
PFA: Isroil kuchlari falastinlik darvozabonni otib o‘ldirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumi oqibatida falastinlik darvozabon Salim al-Ashqar halok bo‘ldi.
  • Falastin futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli futbolchi 2023 yil oktyabr oyida harbiy harakatlar boshlanganidan beri nobud bo‘lgan 1000 dan ortiq falastinlik sportchidan biridir.
  • Shuningdek, iyun oyida Isroil hukumati Falastin ayollar milliy terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Rend Halavaniyni ham hibsga olgan edi.

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorida amalga oshirilgan navbatdagi hujum oqibatida falastinlik darvozabon Salim al-Ashqar halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin futbol assotsiatsiyasi (PFA) ma’lumotlariga tayanib, TRT nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli futbolchi G‘azo sektoridagi Al-Qarara shaharchasida otib o‘ldirilgan. Falastin futbol assotsiatsiyasiga ko‘ra, u 2023 yil oktyabr oyida harbiy harakatlar boshlanganidan beri halok bo‘lgan 1000 dan ortiq falastinlik sportchilardan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Salim al-Ashqar bor-yo‘g‘i besh oy avval oila qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan ilk farzandi dunyoga kelishini intiqlik bilan kutayotgan edi.

Chilining «Deportivo Palestino» futbol klubi ham marhum futbolchining vafoti munosabati bilan bayonot e’lon qildi.

«32 yoshli falastinlik darvozabon Salim al-Ashqarning fojiali o‘limi munosabati bilan chuqur qayg‘udamiz. U Isroil armiyasi tomonidan o‘ldirildi. Bunday voqealarning davom etayotgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Biz adolat qaror topishi va tinchlik ta’minlanishini so‘raymiz», — deyiladi klubning 1 iyun kuni e’lon qilingan bayonotida.

Marhum futbolchi faoliyati davomida «Xon Yunis Servis» klubi darvozaboni sifatida to‘p surgan. Shuningdek, u G‘azo sektoridagi «Al-Aqso» va «Al-Musaddar» sport klublari safida ham faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, iyun oyida Isroil hukumati Falastin ayollar milliy terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Rend Halavaniyni ham hibsga olgan edi. U 2 iyun kuni Quddus shahriga so‘roqqa chaqirilgan va 5 iyunga qadar hibsda saqlanishi belgilangan. Politsiya unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni ochiqlamagan.

Falastin futbol assotsiatsiyasi ushbu holatni qoralab, buni falastinlik sportchilarga nisbatan tizimli bosimning bir ko‘rinishi deb baholagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?