Foto: AP
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp maxsus maslahatchi Jek Smit taqdim etgan yangilangan ayblov xulosasi doirasida o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda 3 sentyabr, seshanba kuni Kolumbiya poytaxt okrugi federal sudiga taqdim etilgan advokat hujjatida aytiladi.
Axborot agentliklarining aniqlik kiritishicha, Tramp ayblov e’lon qilinganda ishtirok etish huquqidan ham voz kechgan. Buning o‘rniga, advokatlar respublikachining aybsizligini uning nomidan ma’lum qilishlari kerak. E’lon qilish 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb eslatadi AFP.
Trampga qarshi ayblov xulosasi tahrir qilindi
AQSH maxsus prokurori Jek Smit sobiq prezident Donald Trampga 2020 yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini soxtalashtirishga urinish bo‘yicha yangilangan ayblov e’lon qildi. Bu haqda 28 avgust kuni axborot agentliklari xabar berdi.
Vashingtondagi AQSH Oliy sudi 1 iyul kuni Trampning jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizligi haqida qaror chiqarganidan so‘ng, Smit ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Gap sobiq prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida sodir etgan harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishdan himoyalanish haqida bormoqda. Biroq, Tramp fuqaro sifatidagi xatti-harakatlariga oid sud jarayonlarida immunitetga ega emas, deya ta’kidladi Oliy sud.
Shunga ko‘ra, yangi ayblovda Donald Trampning prezident sifatida qilgan harakatlariga oid barcha ayblovlar olib tashlanadi. Buning o‘rniga, 2020 yilgi saylovda nomzod sifatida nima qilganiga urg‘u beriladi. Jinoyat kodeksida Trampga ayblov qo‘yilayotgan moddalari o‘zgarishsiz qolmoqda. Sobiq prezident (va kuzda bo‘lib o‘tadigan yangi saylovlarda respublikachi nomzod)ning o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Smit «Oliy sud qarorini chetlab o‘tish uchun shunchaki o‘sha ishni qayta yozganini» bildirgan.
Sud jarayoni saylovdan oldin boshlanishi dargumon
Trampning rasmiy va shaxsiy harakatlari o‘rtasidagi farqni amalda aniqlashtirish oson bo‘lmagani uchun sud jarayoni 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentligi saylovi oldidan boshlanishi ehtimoldan yiroq, deb yozadi AFP. Unga ko‘ra, bu kechikishning o‘zi Tramp uchun katta muvaffaqiyatdir. Agar u Oq uyga qaytsa, AQSH Adliya vazirligiga ayblovlarga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berishi mumkin, deb yozadi agentlik.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oq uy rahbari Jo Bayden, jumladan, Demokratik partiyadagi hamkasblarining xavotirlari ortib borayotgan bir paytda, 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi va vitse-prezident Kamala Harris nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Harris oliy davlat lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga rozi bo‘ldi.
Donald Tramp va uning demokrat raqibi Harris o‘rtasidagi teledebat 10 sentyabr kuni ABC News telekanalida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»