
Alen Delonga 72-Kann xalqaro kinofestivalining «Oltin palma yaprog‘i» faxriy mukofotini topshirish jarayoni.
Foto: Arthur Mola
Marhum fransuz kinoyulduzi Alen Delonning vasiyatnomasi farzandlariga topshirildi. Bu haqda Figaro xabar berdi.
To‘rt sahifali hujjat buyurtma xat orqali Shveysariyadan Antoni, Anushka va Alen-Faben Delonlarga yuborilgan. Aktyorning vorislari ixtiyorida vasiyat yuzasidan e’tiroz bildirish uchun 30 kun vaqt bor, deb yozdi nashr.
Avvalroq aktyorning to‘ng‘ich farzandi Antoni 150 mln yevroga baholanayotgan merosning 50 foizi singlisi Anushkaga tegishini, 25 foizdan ulush o‘g‘illar o‘rtasida taqsimlanishini ma’lum qilgandi.
Teatr va kino aktyori, rejissyor va ssenariynavis Alen Delon 18 avgust kuni 88 yoshida olamdan o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar