15:00 / 05.09.2024
80

Rossiyada Putin uchun “abadiy hayot” dorisi ixtiro qilinmoqda

Rossiyada Putin uchun “abadiy hayot” dorisi ixtiro qilinmoqda
Foto: Reuters
Kremldagi rossiyalik olimlarga qarishga qarshi vositalarni ishlab chiqish topshirildi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktyabr oyida 72 yoshga to‘ladi. Mamlakatdagi yuqori lavozimli amaldorlarning aksariyati taxminan bir xil yoshda va Rossiyadagi erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 67 yoshni tashkil qiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-tadqiqot institutlaridan kognitiv va sensor buzilishlar, hujayra qarishi, osteoporozga qarshi kurashish, immunitet tizimini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida tezroq hisobot berishni talab qilgan.

"Barcha ishlanmalarimizni zudlik bilan yuborishimiz so‘raldi. Xat bugun keldi", deydi tadqiqotchilardan biri.

Qarishga qarshi kurash sohasidagi tadqiqotlarning dolzarbligi Putinning yaqin do‘stlaridan biri bo‘lgan Mixail Kovalchuk ularning ishtirokchisi ekani bilan bog‘liq. 77 yoshli Kovalchuk Kurchatov nomidagi yadro ilmiy-tadqiqot institutini boshqaradi va Rossiya Fanlar akademiyasining yetakchi a’zolaridan biri hisoblanadi.

U, shuningdek, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan genetika tadqiqotlari dasturiga rahbarlik qiladi. Bu dasturda Putinning katta qizi, endokrinolog shifokor Mariya Voronsova ham ishtirok etadi.

Milliy tibbiyot tadqiqot markazi xodimi Kovalchuk yoki Putin umrni uzaytirish bo‘yicha tadqiqotlarni ilgari surishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

"Kovalchuk abadiy hayot g‘oyasiga mukkasidan ketgan... va u bu g‘oya bilan prezidentning oldiga yugurdi", deydi Kremldagi manba.

Ta’kidlanishicha, yuqori darajadagi tibbiy xizmatga qaramay, Putin muntazam ravishda Sibir bug‘usi shoxlaridan olingan qon ekstrakti bilan vanna qabul qiladi. Bunday vannalarni qabul qiluvchilar ekstrakt yoshartiruvchi xususiyatlarga ega va erkak potensiali bilan mo‘jizalar yaratishga qodirligiga ishonadi. Shoxlar tirik bug‘ulardan yiliga bir marta olinadi.

Ammo faqat xalqona usullar qo‘llanilmayapti. Yanvar oyida Sankt-Peterburgda Rossiyaning uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yetakchi tadqiqotchilaridan biri, 77 yoshli professor Vladimir Xavinson vafot etdi. Rossiya Bioregulyatsiya va gerontologiya instituti rahbari bo‘lgan Xavinson, asosan o‘zining yoshartiruvchi preparatlari bilan mashhur edi. Uning ta’kidlashicha, bu preparatlarni Leonid Brejnev singari sovet rahbarlari ham qabul qilgan.

Uning preparatlari Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko va Alina Kabayeva tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Putin ularni qabul qilganmi-yo‘qmi noma’lum. Tanqidchilar ularning samaradorligiga hech qanday dalil yo‘qligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Putin uchun “abadiy hayot” dorisi ixtiro qilinmoqda