15:27 / 05.09.2024
93

Sadir Japarov yordamchi va maslahatchilarini ishdan bo‘shatdi

Sadir Japarov yordamchi va maslahatchilarini ishdan bo‘shatdi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan barcha 26 nafar yordamchi va maslahatchilarni ishdan oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qaror prezident administratsiyasi islohoti va boshqaruv tizimini takomillashtirish doirasida qabul qilingan. Jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan 7 nafar yordamchi va 19 nafar maslahatchi o‘z lavozimlaridan olingan. Prezidentning maslahatchilari hamda yordamchilari Sadir Japarov tomonidan tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi. Ular prezident administratsiyasi tarkibiga kiradi.

Alohida masalalarni o‘rganish maqsadida prezident jamoatchilik asosida (prezident administratsiyasining shtat birligidan tashqari) maslahatchilar va yordamchilar tayinlaydi.

Prezident maslahatchilarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- o‘zlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatdagi va chet eldagi vaziyatni tahlil qilish, davlat rahbarini xabardor etish;
- faoliyatlarining turli sohalarida takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
- prezidentning topshiriqlari asosida xorijiy mansabdor shaxslar bilan muzokaralar va maslahatlashuvlar o‘tkazish.

Yordamchilarning asosiy vazifalari prezidentning aniq yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy faoliyatida ko‘maklashishdan iborat. Prezident o‘z oldida turgan vazifalarning ustuvorligi va muhimligiga qarab, maslahatchi va yordamchilarga boshqa vazifa, vakolatlarni yuklashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov yordamchi va maslahatchilarini ishdan bo‘shatdi