Foto: AFP
Isroil va HAMAS tashkiloti o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv deyarli yakunlanmoqda.
“Shartnomada jami 18 ta band bor. Ulardan 14 tasi yakunlandi”, deydi AQSH hukumatining yuqori martabali amaldorlaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik garovga olinganlar va falastinlik asirlarni almashish shartlari, shuningdek, Isroil qo‘shinlarining G‘azodan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq masalalar hamon hal etilmagan. Isroil qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan bir necha yuz falastinlik mahbuslar o‘tgan yil 7 oktyabrdagi bosqin paytida HAMAS tomonidan garovga olinganlar evaziga ozod etilishi kutilmoqda.
“Har bir garovga olingan isroillik uchun ma’lum miqdordagi falastinlik mahbuslar ozod qilinadi”, deya qo‘shimcha qilgan amerikalik amaldor. Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik Kengashi yana bir bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
“Bilamizki, qolgan garovga olinganlarni qutqarish va falastinlik tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishning eng yaxshi yo‘li muzokaralar natijasida o‘t ochishni to‘xtatishdir”, deydi BMT elchisi Linda Tomas-Grinfild.
Uning Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va Rossiyadagi hamkasblari ham shunday chaqiruvlar bilan chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»